Article . 28 Jun, 2024

Kelajakda sun'iy intellekt dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?

Sun'iy intellektning (AI) tez sur'atlarda rivojlanishi ko'plab sohalarda ish o'rinlarining kelajagi haqida savollarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, dasturiy ta'minot ishlab chiqarish sohasida AIning o'rni tobora ortib bormoqda, bu esa dasturchilarning kelajakdagi roli haqida muhokamalarga sabab bo'lmoqda.


AIning dasturlashdagi rolining o'sishi


AI texnologiyalari allaqachon dasturlash jarayonlarini soddalashtirishda va avtomatlashtirishda yordam bermoqda. Masalan, kodni avtomatik ravishda tahlil qilish, xatolarni aniqlash va hatto oddiy dasturlarni yozishda AI qo'llanilmoqda. Bu holat ba'zi mutaxassislarni AI kelajakda dasturchilarni o'rnini egallashi mumkin, deb o'ylashga majbur qilmoqda. 


AI texnologiyalari, xususan mashinaviy o'rganish (ML) va Deep learning, dasturlash jarayonlarini avtomatlashtirish va soddalashtirishda muhim rol o'ynaydi. Bu o'z navbatida, kod yozish, xatolarni tuzatish va dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish kabi sohalarda ish o'rinlarining kamayishiga olib kelishi mumkin.


Xavf ostidagi dasturlash sohalari sifati quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. Oddiy dasturlash vazifalari: AI dasturlarining rivojlanishi bilan, oddiy va takroriy dasturlash vazifalarini avtomatlashtirish osonlashadi. Bu oddiy veb-saytlarni yaratish, ma'lumotlar bazasi boshqaruvi va boshlang'ich darajadagi dasturlash kabi sohalarda ish o'rinlarining kamayishiga olib kelishi mumkin.
  2. Testlash va sifatni nazorat qilish: AI texnologiyalari dasturlarni avtomatik ravishda sinovdan o'tkazish va xatolarni aniqlashda samarali bo'lgani uchun, bu sohadagi dasturchilar ham xavf ostida qolishi mumkin.

Shuningdek quyidagi kelajakda talab kuchli bo'lgan sohalar ham keltirishimiz mumkin.


Biroq, AI texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda, ba'zi sohalar uchun ham talab ortishi mumkin. Masalan:

  1. AI va ML sohalarida ish o'rinlari o'sishi kutilmoqda, chunki bu sohalarda maxsus bilim va ko'nikmalarga bo'lgan talab ortib bormoqda.
  2. Murakkab tizimlar uchun dasturlash : AI texnologiyalarining o'zi ham murakkab va noyob dasturlash ko'nikmalarini talab qiladi, shu sababli murakkab tizimlarni ishlab chiqish uchun malakali dasturchilar bo'lgan talablar ortadi.

AI texnologiyalarining rivojlanishi ba'zi sohalarda ish o'rinlarining kamayishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa oddiy va takroriy vazifalarni bajaruvchi dasturchilar uchun. Biroq, bu texnologiya yangi imkoniyatlar va talablar yaratib, dasturchilarni yangi ko'nikmalar o'rganishga undaydi. Kelajakda AI texnologiyalarini chuqur tushunadigan va ularni samarali qo'llay oladigan dasturchilar talab katta bo'ladi. Yuqorida keltirilgan fikrlar nisbiy bo'lib muallif fikr hisoblanadi, agar sizda bu mavzuda firklaringiz bo'lsa pastdagi izohlarda o'rtoqlashing!

true-message

Thank you!

We got your request. Our manager willcall back you soon