Biznes jarayonlar
Kompaniyangizdagi real ish jarayonlarini tahlil qilib, tizim mantiqini shunga mos shakllantiramiz.
Biz biznes jarayonlaringizni chuqur o‘rganib, dasturiy mahsulot, axborot tizimi yoki raqamli platforma uchun aniq, tushunarli va to‘liq texnik topshiriq tayyorlaymiz.
Texnik topshiriq loyiha qanday ishlashi, foydalanuvchilar qanday rollarga ega bo‘lishi, tizim qanday modullardan iborat bo‘lishi, boshqa servislar bilan qanday integratsiya qilinishi va natijada qanday biznes qiymat yaratishini aniq belgilab beradi.
Yetarlicha tayyorlanmagan talablar loyihada kechikishlar, qo‘shimcha xarajatlar va jamoa ichida noto‘g‘ri tushunishlarga olib keladi. Ko‘pincha bu development bosqichida payqalib, qaytadan ishlash zarurati tug‘iladi.
To‘g‘ri tayyorlangan texnik topshiriq esa development boshlanmasdan turib risklarni kamaytiradi, ish hajmini aniq baholashga yordam beradi va jamoaga aniq yo‘nalish beradi.
Kompaniyangizdagi real ish jarayonlarini tahlil qilib, tizim mantiqini shunga mos shakllantiramiz.
Administrator, menejer, xodim, mijoz va boshqa rollar uchun alohida huquqlar va ssenariylarni tasvirlaymiz.
Modullar, sahifalar, CRUD jarayonlari, statuslar, workflow va biznes qoidalarni batafsil yozamiz.
ERP, CRM, payment, SMS, email, E-IMZO, davlat tizimlari yoki boshqa API integratsiyalarni aniqlashtiramiz.
Autentifikatsiya, avtorizatsiya, RBAC, audit log, ma’lumotlarni himoyalash va zaxiralash talablarini belgilaymiz.
Loyihaning real hajmi, bosqichlari, resurslari va taxminiy amalga oshirish muddatini aniqlashga yordam beramiz.
Loyiha maqsadi, biznes muammo va kutilayotgan natijalarni aniqlaymiz.
Jarayonlar, foydalanuvchilar, mavjud tizimlar va muammoli nuqtalarni o‘rganamiz.
Funksional va nofunksional talablarni intervyu, hujjat va mavjud tizimlar orqali yig‘amiz.
Modullar, servislar, rollar, integratsiyalar va ma’lumotlar oqimini shakllantiramiz.
Kerak bo‘lsa asosiy ekranlar, foydalanuvchi oqimlari va wireframe tavsiflarini tayyorlaymiz.
Barcha talablarni aniq, tartibli va ishlab chiquvchilar uchun tushunarli hujjatga jamlaymiz.
Buyurtmachi bilan hujjatni ko‘rib chiqamiz, savollar va o‘zgarishlarni kiritamiz.
Tasdiqlangan texnik topshiriqni loyiha boshlash yoki tender uchun tayyor holatda topshiramiz.
Aniq talablar ishlab chiqish narxini real hisoblashga yordam beradi.
Dasturchilar, dizaynerlar va buyurtmachi bir xil tushunchada ishlaydi.
Aniq hujjat development jarayonini tartibga soladi va qaror qabul qilishni tezlashtiradi.
Texnik topshiriq asosida pudratchilarni solishtirish va loyiha hajmini baholash osonlashadi.
Bizga g‘oyangiz yoki mavjud muammongiz haqida yozing. Mutaxassislarimiz loyiha hajmini tahlil qilib, sizga eng to‘g‘ri yondashuvni taklif qiladi.
Loyiha murakkabligiga qarab odatda bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt oladi.
Ha. Biz g‘oyani biznes talablar va tizim funksiyalariga aylantirishda yordam beramiz.
Ha. Hujjat ishlab chiquvchi jamoa uchun tushunarli va foydalanishga tayyor formatda tayyorlanadi.
Ha. Simplex jamoasi texnik topshiriq asosida dizayn, backend, frontend, mobile app va integratsiyalarni ham ishlab chiqishi mumkin.
Quyidagi formani to‘ldiring — mutaxassisimiz 24 soat ichida siz bilan bog‘lanadi.